Bepul,
zamonaviy,
moslashuvchan
taʼlim
Kam taʼminlangan oʻquvchilarning taʼlim va texnologiya sohalarida yuksalishini ragʻbatlantiruvchi tashabbus.
Kam taʼminlangan oʻquvchilarning taʼlim va texnologiya sohalarida yuksalishini ragʻbatlantiruvchi tashabbus.
Raqamli savodxonlik zamonaviy dunyoda muloqot qilishimiz, ish topishimiz, keng qamrovli taʼlim olishimiz yoki taʼlim berishimizda muhim oʻrin tutadi. Raqamli koʻnikmalarning toʻgʻri va toʻliq toʻplamiga ega boʻlish nafaqat zamonaviy dunyoda oʻz oʻrnimizni topish uchun, balki yanada ochiq, inklyuziv va xavfsizroq boʻlishimiz uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Jahon banki eʼlon qilgan hisobotga koʻra Markaziy Osiyo aholisining deyarli yarmi internetga ulanish imkoniyatiga ega emas. Raqamli texnologiyalar sohasida tengsizlik Oʻzbekistonda dolzarb muammo boʻlib kelmoqda. Bunga qarshi kurashish maqsadida, biz 2020-yilning avgustida “E&E” loyihasi tashkil etdik. Shu vaqtdan buyon 500 dan oshiq oʻquvchilarni turli tuman bepul darslar va seminarlar orqali raqamli texnologiyalar dunyosidagi imkoniyatlar bilan tanishtirdik. Loyihamiz doirasida 2025-yilga qadar 2 500 nafarga yaqin oʻquvchiga bepul, zamonaviy va moslashuvchan taʼlim orqali mazkur sohada yuksalishiga hissa qoʻshishni reja qilganmiz.